Kontent qismiga oʻtish

Rahim Hoshim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rahim Hoshim
Tavalludi 5-oktyabr, 1908-yil
Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 24-oktyabr, 1993-yil
Dushanbe, Tojikiston
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston

Rahim Hoshim(1908-yil 5-oktyabr, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – 1993-yil 24-oktyabr, Dushanbe, Tojikiston) – tojik adabiyotshunosi, tilshunos, tarjimon, yozuvchi. U filologiya fanlari nomzodi, Tojikiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, „Sadriddin Ayniy“ mukofoti sovrindori[1].

Rahim Hoshim 1908-yil 5-oktyabr kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 1916-yil boshlangʻich taʼlimni yangi usul maktabida oladi. 1917-yil Sadriddin Ayniy tashkil qilgan maktabda oʻqigan. Rahim Hoshim 1918-yil rus maktabida tahsilini davom ettirgan. U 1920-yildan 1925-yilgacha „Zarafshon“, „Maorif“ va „Bilim peshvosi“ gazetalarida adabiy xodim sifatida ishlagan. U 1925-yildan 1930-yilgacha „Zarafshon“ gazetasida masʼul kotib lavozimida faoliyat yuritgan. Rahim Hoshim 1930-yil Tojikiston SSRga koʻchib oʻtgan. 1933-yildan 1934-yilgacha Tojikiston yozuvchilar uyushmasida kotib lavozimida ishladi. Rahim Hoshim 1934-yili Moskva shahrida boʻlib oʻtgan Sovet ittifoqi yozuvchilarining qurultoyida ishtirok etgan. Rahim Hoshim 1944-yildan 1954-yilgacha Sibirga surgun qilingan. U 1955-yil Tojikiston SSRga qaytib, Tojikiston Fanlar akademiyasining Rudakiy nomidagi Tojikiston davlat til va adabiyot institutida ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritdi. Uning ilmiy yoʻnalishdagi maqolalari 1928-yildan boshlab Samarqandda chop etiladigan „Bilim peshvosi“ gazetasida nashr etiladi. Rahim Hoshim 1985-yil nashr qilingan „Tojikcha-ruscha“ lugʻatni tuzishda ilmiy jamoaga rahbarlik qilgan. Uning 1969-yili „Tojik xalqi madaniyati“ nomli kitobi chop etiladi[2]. 1929-yilda „Tojikcha alifbo“ darsligini birinchilardan boʻlib ishlab chiqqan. Rahim Hoshim 1993-yil 24-oktyabr kuni Tojikiston Respublikasiga qarashli boʻlgan Dushanbe shahrida vafot etgan.